Vladimir Zelenskiy Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvdan keyin Moskva bilan muzokaralar faqat Rossiya qurolli kuchlari Ukraina hududidan chiqib ketgandan keyin bo‘ladi, deb bayonot berdi.
“Tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Rossiya bosib olgan hududlardan chiqib ketishi kerak”, – deya keltiradi Zelenskiy soʻzlarini Anadolu agentligi, deb yozmoqda RIA Novosti.