Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afg‘onistonda faqat shu oy yuz bergan, 250 dan ziyod odamning qurbon bo‘lishiga va yaralanishiga sabab bo‘lgan qator portlashlardan xavotir bildirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.
“Bosh kotib bu raqamlarni sanab o‘tar ekan, chuqur tashvishda va qayg‘uda ekanini izhor qildi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Guterrish 17 avgust kuni Kobuldagi masjidda uyushtirilgan “oxirgi hujumni keskin qoralaydi”. U halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdarlik bildirib, jarohatlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.