Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin anjumanga kelishi kerak. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak “BBC” nashriga intervyusida ma’lum qildi.

– Mazkur masala sammit oldidan hal qilinadi, hozir hech narsa aniq emas, – dedi M.Podolyak. – Vladimir Putin qaror qabul qilgach, biz ishtirok etish yoki etmaslik zarurligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ramiz.

Darvoqe, avvaliga Ukrainada o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur sammit mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli Bali oroliga ko‘chirildi.

Indoneziya rasmiylari avvalroq Putin va Zelenskiyni G20 sammitiga taklif qilgani haqida ma’lumot berilgandi.

O‘zA