Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi yaunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida qatnashgan uch nafar og‘ir vaznli polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi.

O‘zining ajoyib ishtiroki bilan ko‘plab mutaxassislar e’tirofiga tushayotgan xorazmlik Alisher Yusupov joriy yil hisobidan “Katta dubulg‘a” turnirlarida ikkinchi bor finalgacha yetib keldi. Afsuski, vakilimiz bu gal gruziyalik Gela Zaalashviliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shuningdek, -100 kilogramm vazn toifasida Otabek To‘raboyev, +100 kilogramm vazn toifasidagi boshqa bir yurtdoshimiz Shohrux Baxtiyorov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, bu ular uchun mazkur tasnifdagi turnirlarda qo‘lga kiritilgan dastlabki medaldir.

Shu tariqa Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.

Kumush medal:

+100 kg: Alisher Yusupov

Bronza medal:

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada qo‘lga kiritilgan yuqori natija bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy tabriklab qoladi, – deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

O‘zA