FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida shaxmat bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” respublika ochiq turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada quyi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 43 nafar sportchi o‘zaro bellashdi.

Professional erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda nukuslik Islom Murzambetov, professional ayollar o‘rtasida amudaryolik Rayxona Shomurotova, havaskor erkaklar o‘rtasidagi bahslarda xo‘jaylidan Jamshid Ayimbetov, havaskor ayollar o‘rtasida taxiatoshlik Oyna To‘rayeva g‘olib bo‘ldi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV, O‘zA