Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti sport majmuasida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida XXIX O‘zbekiston chempionatining to‘rtinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan 4 ta turdan so‘ng 42 ochko jamg‘argan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Namangan viloyati jamoasi 40 ochko bilan ikkinchi, Andijon viloyati jamoasi 39 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yakuniy beshinchi tur o‘yinlari joriy yilning 24-31 may kunlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tadi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA