Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o’tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o’yinlarining erkaklar o’rtasidagi konkida 5000 metr masofaga yugurish bahslarida gollandiyalik Sven Kramer oltin medalni qo’lga kiritdi.
Sven mazkur masofani 6 daqiqa 09,76 soniyada bosib o’tdi va faoliyati davomidagi to’rtinchi Olimpiya o’yinlarining oltin medalini qo’lga kiritdi.
Musobaqada kanadalik Ted-Yan Blumen kumush, norvegiyalik Sverre Lunde Pedersen esa bronza medalga sazovor bo’ldi.
Sven faoliyati davomidagi to’rtinchi Olimpiya o’yinlarining oltin medalini qo’lga kiritdi.
Javohir Toshxo’jayev, O’zA