Yangi Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, haydovchi va mashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchiga xavfsizlik kamarini taqish shart qilib belgilanmoqda.

Bunda kasalligi bo‘lgan ayrim fuqarolarga kamarni taqmaslikka ruxsat berilgan.

Ma’lum qilinishicha, 8 turdagi kasallik holati uchun tibbiy ma’lumot talab etmasdan xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi.

Jumladan, umrov va to‘sh suyaklarining sinishlari, yelka kamari sinishi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich), bronxial astma (IV bosqich), o‘pkaning interstitsial zararlanishi, o‘pkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki o‘ng) olib tashlangan, surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi hamda homilador ayollar shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan amalga kiritiladi.

O‘zA