Xabar berganimizdek, 31 may kuni tun soat 02.00 da O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionatining nimchorak finalida Isroil terma jamoasiga qarshi o‘yinni o‘tkazadi.

Millionlab futbol muxlislari diqqat markazida bo‘lgan mazkur o‘yinda Ravshan Haydarov shogirdlari oq libosda, darvozabonimiz sariq libosda maydonga tushadi.

Uchrashuvni argentinalik Falkon Yael bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Del Yesso Maksimiliano va Rodrigez Fakundo yordam ko‘rsatadi. Zaxiradagi hakam vazifasini gvatemalalik Lopez Kastelyanos olib boradi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA