UEFA joriy yilning 28 mayda Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilishi belgilangan Chempionlar ligasi finalini Rossiyadan Fransiya davlatiga ko‘chirdi.
Shunga ko‘ra, Parij mezbon sifatida Sankt-Peterburgni almashtirdi. Rossiya va Ukraina futbol jamoalari esa UEFA tizimidagi uy uchrashuvlarini betaraf stadionlarda o‘tkazishlari shartligi belgilandi.
Bu haqda bugun 25 fevral kuni o‘tgan UEFA ijroiya qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishida aytildi.
Vaziyatning qachon barqarorlashi hamda har ikki mamlakat futbol jamoalarining doimiy odatiy tarzdagi uchrashuv holatiga qayitishi UEFAning keyingi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.
UEFA qaroriga asosan, joriy yil 28 may kuni o‘tadigan Chempionlar ligasi final o‘yini Parijdagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Rossiya-Ukraina munosabatlaridagi vaziyatning sovuqlashuvi oqibatida yana bir qator sport turlari bo‘yicha har ikki mamlakatda o‘tkazilishi kutilayotgan xalqaro musobaqalar, chempionatlar boshqa davlatlarga kuchirilmoqda yoki muddatini kechiktirish bo‘yicha hatti-harakatlar boshlab yuborildi.
Ayni holatda “ATR” rasmiy sayti joriy yil 19-25 sentyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida katta tennis bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi “ATR 250” toifasiga kiriuvchi “St. Petersburg Open” turniri Qozog‘istonga ko‘chirilganligini e’lon qildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA