O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa bӯlib ӯtdi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining kubogi uchun ӯtkazilgan musobaqada 14 ta jamoa ishtirok etdi. Uch kun davomida qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi, ikkinchi o‘rinni Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, uchinchi o‘rinni Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA