“SpaceX” kompaniyasi asoschisi, milliarder Ilon Mask “Time” jurnali tasnifiga ko‘ra “Yil odami” deb e’lon qilindi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

Taqdirlash marosimi YouTube orqali translyatsiya qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2020 yilda “Yil odami” nominatsiyasida AQSHning hozirgi prezidenti Jozef Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris g‘olib bo‘lgani e’lon qilingandi.

2019 yilda esa,  ekofaol qizcha Greta Tunberg “Time” tasnifiga binoan “Yil odami” sifatida e’tirof etilgan.