O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 11 noyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari va tadbir kun tartibini muhokama qildilar.
Davlat rahbarlari kengashiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi.
Kengashni yanada rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va boshqa sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.