AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati mamlakatga keluvchi sayyohlar uchun joriy qilinajak qoidalarga batafsil izohlar beradi.
Reuters” xabariga ko‘ra, avvalroq, Oq uy to‘la emlangan xorij fuqarolariga nisbatan AQSHga kirish bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinib, ular 8 noyabrdan boshlab mamlakatga qo‘yilishi haqida ma’lum qilgandi.
Oq uy sayyohlar qay tariqa vaksinatsiya mandatidan holi bo‘lishi mumkinligini tushuntirmoqchi.
Shuningdek, sayyohlarning AQSHga kelishi oldidan emlangani haqidagi tasdiq hujjatlari bo‘yicha aviakompaniyalarga qo‘yiluvchi talablarga ham oydinlik kiritiladi.