Avval xabar qilinganidek, 6 yanvar kuni Xitoyning Yanszы daryosida Eronning “BRIGHT SHIPPING LIMITED” kompaniyasiga tegishli “Sanchi” neft tankeri bilan Gonkongning “CF CRYSTAL” yuk tashuvchi kemasi to‘qnashishi oqibatida neft ortilgan tankerda chiqqan yong‘inni o‘chirish va bedarak yo‘qolgan ekipaj a’zolarini qidirish ishlari olib borilayotgan edi.
Bugun 8 yanvar kuni qutqaruvchilar bir nafar dengizchining jasadini topishdi. Qurbon bo‘lgan dengizchining shaxsini aniqlash uchun jasad Shanxaydagi shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda Eronning ISNA agentligiga tarqatgan ma’lumotga tayanib Reuters xabar bermoqda.
Ayni paytda neft tashuvchi kemada yuzaga kelgan olovni o‘chirish va qolgan 30 nafar ekipaj a’zolarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Xitoyning SSTV telekanali to‘qnashuv oqibatida kelib chiqqan yong‘in sabab tanker istalgan vaqtda portlashi va dengiz tubiga g‘arq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.