Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

Xususan, “Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida “Business Turk” jurnali bosh muharriri Ruzubay Akuren (Turkiya) birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Ikkinchi o‘ringa Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Televideniye va radio qo‘mitasi “Ovozi tojik” radiosi o‘zbek bo‘limi katta muharriri Atobek G‘oipov (Tojikiston Respublikasi), “NDR” teleradiokompaniyasi va “Deutschlandfunk” radiosiansiyasi va “Zenyralasien-Analysen” jurnalining Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy eksperti

Birgit Vetsel (Germaniya Federativ Respublikasi) loyiq topildi.

“Sputnik” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Dilshoda Rahmatova (Rossiya Federatsiyasi), “Xabar” telekanali bosh muharriri Jasin Birkenov (Qozog‘iston Respublikasi) ham ikkinchi o‘ringa munosib topildi.

 

N.Usmonova, O‘zA