FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo-Okeaniya litsenzion turniri bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, hamyurtimiz Zaynab Dayibekova finalda qozog‘istonlik Aygerim Saribayni 15:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, qilichbozlarimizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 3 taga yetdi. Zaynabga qadar Malika Hakimova va Sherzod Mamutov ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA