Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘ra 440 bosh qo‘y-qo‘zisi va echki-ulog‘i bilan noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketdi.
Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Ellikqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
D. Abibullayev, O‘zA