Xabar qilinganidek, Toshkentda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Nadiya Dusanova yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Shuningdek, Andrey Petrov “Yilning eng muvaffaqiyatli sportchisi”, Marat Haydarov “Yilning eng irodasi kuchli sportchisi”, Safina Sa’dullaeva “Yil kashfiyoti”, Komila Rajabova “Yilning eng iqtidorli yosh sportchisi”, Oleg Ahmedjonov “Eng yaxshi murabbiy” deya e’tirof etildi.
2017-yilning oktabr-noyabr oylarida qator viloyatlarda seleksiya ishlari olib borildi. Chekka qishloqlar, tumanlardagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, iqtidorli yoshlar tanlab olindi.
Jumladan, Xorazm viloyatining Shovot tumani, Buxoro viloyatining Romiton tumani ,Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani va Samarqand viloyatining Juma shahridan iqtidorli yosh sportchilar tanlab olindi.