Ramazon o‘gitlari

Bu savolga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi bosh mutaxassisi Abdulatif Tursunov javob beradi:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ramazonda saharlikda uxlab qolgan odam, uyg‘ongach oz bo‘lsa ham biror narsa yeb-ichib, ro‘zani niyat qilaman desa, niyati ham, o‘sha kuni tutadigan ro‘zasi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam uyqudan turgach, ro‘zani buzadigan ishlarni qilmasdan shu kungi ro‘zani tutishni niyat qiladi. Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelgungacha qilish mumkin.

Demak, Ramazonda saharlikka uxlab qolgan kishi uyg‘ongach, hech narsa yemay-ichmay ro‘za tutishni niyat qilishi lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA