Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi jiddiy kamchiliklar tanqididan keyin o‘sha kuni Moliya vazirligi markaziy apparatidan 2 nafar bosh boshqarma boshlig‘i, 2 nafar bosh boshqarma boshlig’i o‘rinbosari, 4 nafar boshqarma boshlig‘i, 1 nafar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 3 nafar bo‘lim boshlig‘i hamda 4 nafar xodim, jami 16 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunga kelib bularning safiga 8 kishi qo‘shilgan va bu raqam 24 tani tashkil etadi.
Jumladan, G‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosari – Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i F.Nurmuhamedov, Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov, Sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A. Abdullayev, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Agzamov, Soliq va bojxona-tarifi siyosati boshqarmasining boshlig‘i I. Golisheva, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Jumayevlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Saytimizni kuzatib boring. Yaqin vaqt ichida Prezidentimiz tanqid qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim haqidagi chin ma’lumotlar bilan tanishasiz.