Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev mamlakat hukumati tarkibiga oid farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, vazirlar mahkamasining vakolat muddati yakuniga yetgan aksariyat a’zolari o‘z lavozimlarida qolgan.

 Asqar Mamin hukumati quyi palata saylovi oldidan o‘z vakolatlarini topshirgan va prezidentning farmoni bilan yangi hukumat shakllantirilgunicha faoliyat olib borishi belgilangandi.

Keyinroq davlat rahbari majlis a’zolari roziligi bilan Maminni bosh vazirlikka tayinladi.

Farmonga ko‘ra, jumladan, mudofaa, sog‘liqni saqlash va energetika vazirlari ham o‘z lavozimida qolgan.