Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida rekord darajadagi sovuq ob-havo kuzatilmoqda, deyiladi “Interfax.ru” ning “Associated Press” ma’lumotiga tayanib bergan xabarida.

Polshaning ayrim tumanlarida keyingi 11 yil davomida ilk marta harorat 28 darajaga tushgan. Chexiyada kechasi eng sovuq ob-havo qayd etilgan.

 Germaniyada qalin qor yog‘ishi tufayli daraxtlar sinib, yo‘l harakati hodisalari miqdori oshgan. Istambulda qalin qor tufayli transport harakati ancha payt to‘xtab qolgani aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Ispaniyada eng past harorat qayd etilgandi. Sovuq havo, odatda, qish iliq keluvchi Valensiya, Barselona, Sevilya va Mursiyada ham kuzatilmoqda.