Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
– O‘zbekistonda ilk bor o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bor 5 mingdan ortiq bemor bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olinadi va bunga byudjetdan 140 milliard so‘m yo‘naltiriladi, – dedi davlatimiz rahbari. – Onko-gematologiya sohasi, davolash qiyin kasalliklar bo‘yicha murakkab diagnostika tadbirlariga byudjetdan 250 milliard so‘m ajratiladi. 2021 yilda aholining jismoniy tarbiya va sport bilan qamrovi hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi.