Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

– Hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati moliyaviy barqaror bo‘lmagani uchun davlatga og‘ir yuk bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun joriy yildan barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda, – dedi Prezident.

Jumladan, kelgusi yildan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekgidrogeologiya», «O‘zavtosanoat» xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda tabiiy gaz ta’minotida monopoliyasi bekor qilinadi.