Markazda tumanda joylashgan barcha maktablarda 5-11 sinflarda taʼlim olayotgan 9 ming nafardan ortiq oʻquvchilarni, shuningdek, uyushmagan yoshlarni hamda korxona, tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning axborot-kommunikatsiya sohalari boʻyicha bilim va malakalarini oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur markazga OʻzR Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻquv kurslarini tashkil qilish uchun oʻquv xonasiga 11 ta, kibersport xonasiga 5 ta, robototexnika xonasiga 3 ta kompyuter texnikalari oʻrnatilib, internet tarmogʻiga ulandi.

Eslatib oʻtamiz, vazirlik tomonidan 2019-yilda Nukus shahri, Moʻynoq, Beruniy va Qanlikoʻl, 2020-yilda Ellikqalʼa, Amudaryo tumanlarida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil qilingan edi.
E.Qanoatov, OʻzA