Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbiri oʻtkazildi.

Maʼlumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, har yili 2-sentyabr mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov xotirasi kuni sifatida yod etiladi.

Erta tongdan butun jamoatchilik Qarshi shahri markazida Birinchi Prezidentimiz sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik atrofida jam boʻldi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi jamoatchilik vakillari Buyuk Yurtboshimiz haykali poyiga gullar qoʻydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

3.JPG

4.JPG

6.JPG

8.JPG

 

Jamshid NORQOBILOV (surat), OʻzA