Qozog‘istonning Mangistau viloyatida “Beyneu-Akjigit-O‘zbekiston chegarasi” avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinmoqda. Yo‘lning umumiy uzunligi 85 kilometrni tashkil etadi. Loyihaning qiymati qariyb 20 milliard tenge.

Mazkur yo‘l uchastkasi “Toshkent – Samarqand – Buxoro – Nukus – Atыrau – Astraxan” xalqaro tranzit-transport yo‘lagi tarkibiga kiradi. Ushbu yo‘lak orqali Kaspiybo‘yi mintaqasi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqish mumkin.

Ta’mirlash ishlarini 2018-yilda yakunlash ko‘zda tutilgan. Hozirgi vaqtda xavfsizlik hamda harakatning to‘xtab qolmasligini ta’minlash uchun vaqtinchalik aylanma yo‘ldan foydalanish mumkin.

Rekonstruksiya ishlari nihoyasiga yetgach, mazkur yo‘l uchastkasida o‘rtacha tezlik 50 kilometrdan 100 kilometrga yetkaziladi.

 

O‘zA