SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatovaning bildirishicha, homilador ayollar bilan birga chaqaloqlarda ham juda minimal foizda koronavirusga chalinish kuzatilmoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ona koronavirus bilan kasallangan boʻlsa ham, yangi tugʻilgan bolani koʻkrak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. Chunki koʻkrak sutida juda koʻp immunomodulinlar va kasallikka qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjud. Shu bois ona suti bola uchun “birinchi emlash”, vazifasini bajaradi.Tajribalar koʻrsatishicha, ona suti chaqaloqlarga vaksinadek taʼsir qilmoqda.

Koronavirus bilan kasallangan onadan tugʻilgan chaqaloqlardan 12-24 soat ichida va 24 soatdan keyin olingan testlar ularning immunitetida kasallik bilan kurashish qobiliyati shakllanganini koʻrsatmoqda.
OʻzA