Qirgʻiziston hukumati yana bir bor aeroportlarni xususiylashtirish gʻoyasi bilan chiqdi

Qirgʻiziston hukumatining 2019-yilgi faoliyati yuzasidan hisoboti muhokama qilingan parlament majlisida deputat Emil Toktoshev aeroportlarni xususiy kompaniyalar boshqaruviga topshirish loyihasi qanday ketayotgani bilan qiziqdi.
Deputat aeroportlar boshqaruvini xuddi Tbilisi yoki Olmaotdagidek xususiy qoʻllarga topshirish kerakligini aytdi.
Bosh vazir Muxammedkaliy Abilgazivning taʼkidlashicha, ayni damda bu borada muassasalararo komissiya ish olib bormoqda.
“Biz aeroportlar rivojlanishi uchun konsultantlari eng yaxshi kompaniyani tanlab beradigan xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz. Tajribali kompaniyani tanlashimiz kerak, biz tomondan iqtisodiyotimizga hissa qoʻshadigan, mahalliy aholini ish bilan taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishi lozim. Aeroportlar rivojlanishi, yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirishi kerak. Komissiya 6 oy ishladi, may oyida loyihani sizga taqdim qilamiz”, — dedi Abilgaziyev.
Qirgʻiziston hukumati yana bir bor mamlakatdagi aeroportlarni xususiy qoʻllarga topshirish gʻoyasi bilan chiqdi. Iqtisodiyot vazirligi va Transport vazirligining bayonot berishicha, Qirgʻizistondagi aeroportlarni davlat-xususiy hamkorlik sxemasi boʻyicha topshirishga tayyorgarlik 2020-yil oxirlarigacha olib boriladi.

 

O’zA