II Osiyo chempionatida chavandozimiz Saidamirxon Turg‘unboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi

Gongkongda konkur – to‘siqlar osha ot sakratish bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan II Osiyo chempionatida iste’dodli chavandozimiz Saidamirxon Turg‘unboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida O‘zbekiston dunyoga sporti jadal rivojlangan mamlakat sifatida tanildi. Jumladan, navqiron avlod o‘rtasida ot sportini yanada ommalashtirish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasida sportchilarimiz nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etmoqda.

9.jpg

– Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritganimdan xursandman, – deydi S.Turg‘unboyev. – Kelgusi musobaqalarda yurtimiz sharafini yanada yuksaltirish – bizning farzandlik burchimiz. Maqsadim jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishdir.

 

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA