SHHT missiyasi Tojikistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari shaffof va demokratik tamoyillar asosida oʻtganini maʼlum qildi

Kuni kecha Tojikistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarining legitimligini shubha ostida qoldiradigan milliy qonunchilik buzilishlari SHHT missiyasi tomonidan qayd etilmadi, deya bayonot berdi mazkur tashkilot bosh kotibi oʻrinbosari Nurlan Akkoshkarov.

Uning taʼkidlashicha, missiya Tojikistonda boʻlib oʻtgan ovoz berish jarayoni shaffof, ishonchli va demokratik sharoitda oʻtganini tan oladi.

“Akkoshkarov shuningdek, Missiya aʼzolari 314 ta saylov uchastkasida hamda hududiy va tuman saylov organlarida boʻlganini taʼkidladi va hech bir qonun buzilishiga duch kelmagani qayd etdi.

 

OʻzA