Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 25-fevraldan eʼtiboran xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollar kursi oʻtgan haftadagi kursga nisbatan arzonlashgani, yevroni esa qimmatlashgani qayd etildi.

photo5375480510060539384.jpg

1 AQSH dollari 9 526 soʻm 28 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 21 tiyinga arzonlashgan.

1 yevro 10 329 soʻm 35 tiyin qiymatda baholanib, 10 soʻmga qimmatlashgan.

1 rubl esa 148 soʻm 82 tiyinga tenglashib, 1 soʻm 25 tiyinga qimmatlashgan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

 

OʻzА