Inspektorga pora bermoqchi boʻldi

Nukus shahrida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatuvchi ustaxonalarda reyd-tekshiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori mayor B.Bekmuratov tomonidan ustaxonada ishchi boʻlib ishlovchi Nukus shahrida yashovchi, fuqaro Sh.R “Neksiya-3” rusumli avtomashinani haydovchisi tomonidan ehtiyotsiz boshqargani oqibatida moddiy zarar koʻrgan joyini Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining bu haqidagi tegishli maʼlumotnomasi boʻlmasdan turib taʼmirlayotganligini aniqlab, tegishli tartibda rasmiylashtirgan.
Fuqaro Sh.R ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlarni chora koʻrmasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 200 ming soʻm pullarni mayor B.Bekmuratovga pora tariqasida berayotgan vaqtida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi Oʻz xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boʻlimi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Ushbu holat yuzasidan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining
211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuhrat Neʼmatov, OʻzA