Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (qor, yomgʻir). Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan shamol sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Koʻchki koʻchishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.