Jizzaxdan Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumaniga yana bir oziq ovqat mahsulotlari yuklangan avtokarvon yoʻlga chiqdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Orolning qurigan hududida oʻrmon barpo etishda ishtirok etayotganlarga oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Orolboʻyi aholisining turmish tarzini yaxshilash, hududda yuzaga kelgan ekologik vaziyatni yumshatish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.Bugungi kunda Orol dengizi hududida qurigan hududida oʻrmonlarni yuzaga keltirish, koʻkalamzorlashtirish, obodlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Bu xayrli ishlarda respublikamizning barcha viloyatlari qatori Jizzax viloyatidan 150 nafardan ortiq mexanizator, oʻrmon va qishloq xoʻjaligi, favqulodda vaziyatlar muassasalari xodimlari saksovul urugʻlarini yigʻib, ekishmoqda. Shu maqsadda viloyatdan 25 ta yuqori unumdor traktor, 4 ta oʻq ariq olish, 3 ta chizel tortish, suv va yonilgʻi tashish texnikalari, 11 ta tirkama va 1 ta avtobus ajratilgan.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, boshqarmaning shaxsiy tarkibi ham bu hasharga oʻz hissa qoʻshish maqsadida Orolboʻyida mehnat qilayotganlarga kartoshka, goʻsht, oʻsimlik yogʻi, tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatdi.
Toshqul BEKNAZAROV, OʻzA