Germaniya Prezidenti Xorazmga joʻnab ketdi

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Oliy darajadagi tashrif dasturida koʻzda tutilganidek, 29-may kuni Federal Prezident Xorazm viloyatiga joʻnab ketdi.
Frank-Valter Shtaynmayer Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Xiva shahrining tarixiy va meʼmoriy obidalari bilan tanishadi.
11.JPG
germaniya_prezidenti_khorazmga_zh_nab_ketdi_29_05_2019.jpg
17.JPG

 

O’zA