Misrda yirik don ombori quriladi

Misr hududida Belarus va Misr hamkorlikda yirik don ombori qurishni rejalashtirmoqda. 
BELTA xabariga ko‘ra, bu haqda Belarusning Misrdagi elchixonasi ma’lumot bergan.
Ikki davlatning tegishli tashkilotlari o‘rtasida mazkur kelishuv memorandumi imzolangan.
Marosimda Misr harbiy sanoat vaziri Muhammad al Assar, Misr ichki savdo va ta’minot vaziri Ali al Musaylxi, shuningdek, Belarusning Misrdagi elchisi Sergey Rachkov ishtirok etgan.

 

O‘zA