Boks bo‘yicha O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zosi Go‘zal Ismatova Vetnamda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli musobaqada Go‘zal 81 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi final bahsida mezbonlar vakili Ti Tran Nini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
O‘z vazn toifasida Yodgoroy Mirzayeva va E’zozaxon Meliyeva uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 oltin va 2 bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA