Oʻzbekiston chempionatining 3-tur oʻyinlari nihoyasiga yetdi

Poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida davom etayotgan xokkey boʻyicha birinchi Oʻzbekiston chempionatining 3-tur oʻyinlari nihoyasiga yetdi.
Kecha ushbu turdan oʻrin olgan “Binokor” hamda “Xumo” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv turga yakun yasadi. Muz ustidagi bellashuvda “Xumo” jamoasi raqibi “Binokor”dan ustun ekanligini amalda isbotladi: “Xumo”-“Binokor” 3:1.
Xumo-Bino (3).jpg
Eslatib oʻtamiz, turning birinchi oʻyinida “Toshkent” jamoasi “Semurgʻ”ni 4:2 hisobida magʻlub etgan edi.
Navbatdagi 4-tur oʻyinlari 16 fevral kuni start oladi.

 

Muhammad Amin olgan suratlar, OʻzA