Oʻzbekiston MTJ Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi

Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi aʼzolari “Oʻzbekiston Havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining 333-reysi bilan uchgan Boing-787 havo kemasida 3 soatu 15 daqiqa parvozdan soʻng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yetib bordi.

Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol oʻynash uchun juda qulay ob-havo. Terma jamoamiz delegatsiyasini OFK vakillari kutib olishdi. Futbolchilarimiz Dubay shahridagi “Roda Al Bustan“ mehmonxonasiga joylashishdi.

OʻFAning xabar qilishicha, bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoamiz aʼzolari BAAdagi dastlabki mashgʻulotlarni oʻtkazishadi.

 

O’zA