Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo Kubogiga joʻnab ketdi

Bir necha kundan soʻng Birlashgan Arab Amirliklarida futbol boʻyicha Osiyo Kubogi start oladi. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz Osiyo Kubogining guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi kurash olib boradilar.
Bugun ana shu musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz aʼzolari BAAga joʻnab ketdilar. Futbolchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kuzatildi, deb xabar bermoqda O’FA.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni 9-yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Ikkinchi oʻyin 13-yanvar kuni Turkmanistonga qarshi boʻlib oʻtsa, yigitlarimiz guruhdagi soʻnggi bahsda 17-yanvar kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.
Saytimiz orqali Osiyo Kubogi – 2019 ni toʻliq hajmda yoritib borishga harakat qilamiz.
Osiyo Kubogida Oʻzbekiston Milliy terma jamoasiga ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.

 

OʻzA