Энг яхшилар тақдирланди

Bugun Oʻzbekiston Professional futbol​ ligasi yakunlangan mavsumda eng yaxshi harakat qilgan futbolchi, futzalchi, murabbiy va boshqalarni taqdirladi.

OSTON OʻRUNOV​ – yilning eng yaxshi yosh futbolchisi​;

JAMOLIDDIN SHARIPOV – yilning eng yaxshi futzalchisi;

NILUFAR QUDRATOVA – yilning eng yaxshi ayol futbolchisi​;

ELDOR SUYUNOV – eng yaxshi darvozaboni​;

Sherzod Hakimov – yilning eng chiroyli goli muallifi​;

ANDRЕY FYODOROV – yilning eng yaxshi murabbiyi​;

TIAGO BЕZЕRRA – yilning eng yaxshi futbolchisi​.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham sovrinlar oʻz egasini topdi:

MAVSUM-2018 TOʻPURARI – TIAGO BЕZЕRRA (17 ta gol)​;

FAIR PLAY MUKOFOTI – “NASAF”​;

ENG YAXSHI MARKЕTING XIZMATI – “NAVBAHOR”​;

ENG YAXSHI MATBUOT XIZMATI – “NASAF”​;

ENG BARQAROR MUXLISLAR JAMOASI – “NAVBAHOR”​;

YIL JASORATI – Ulugʻbek Yangiboyev. 

“Orol” – “Shoʻrtan” bahsi vaqtida toʻsatdan xushini yoʻqotgan raqib jamoa futbolchisi Islom Boysariyevga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatdi va shifokorlarga katta yordam berdi. Unga sovrinni Islom Boysariyevning oʻzi taqdim etdi.

YIL IFTIXORI 2018 – Ilhom Shodiyev.

Ushbu futbol jonkuyari 5 nafar qizga otalik qilmoqda va qizlarning barchasi futbolchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Marosim davomida PFL tomonidan yil ramziy terma jamoasi ham eʼlon qilindi:

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov(“Lokomotiv”), Igor Golban (“Nasaf”/“Navbahor”), Murod Xolmuhammedov (“Qoʻqon-1912”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov(“Bunyodkor”), Marat Bikmayev“Lokomotiv”), Bobir Abduholiqov (“Nasaf), Tiago Bezerra(“Paxtakor”).

 

OʻzA