Bugun Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yakunlangan mavsumda eng yaxshi harakat qilgan futbolchi, futzalchi, murabbiy va boshqalarni taqdirladi.
OSTON OʻRUNOV – yilning eng yaxshi yosh futbolchisi;
JAMOLIDDIN SHARIPOV – yilning eng yaxshi futzalchisi;
NILUFAR QUDRATOVA – yilning eng yaxshi ayol futbolchisi;
ELDOR SUYUNOV – eng yaxshi darvozaboni;
Sherzod Hakimov – yilning eng chiroyli goli muallifi;
ANDRЕY FYODOROV – yilning eng yaxshi murabbiyi;
TIAGO BЕZЕRRA – yilning eng yaxshi futbolchisi.
Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham sovrinlar oʻz egasini topdi:
MAVSUM-2018 TOʻPURARI – TIAGO BЕZЕRRA (17 ta gol);
FAIR PLAY MUKOFOTI – “NASAF”;
ENG YAXSHI MARKЕTING XIZMATI – “NAVBAHOR”;
ENG YAXSHI MATBUOT XIZMATI – “NASAF”;
ENG BARQAROR MUXLISLAR JAMOASI – “NAVBAHOR”;
YIL JASORATI – Ulugʻbek Yangiboyev.
“Orol” – “Shoʻrtan” bahsi vaqtida toʻsatdan xushini yoʻqotgan raqib jamoa futbolchisi Islom Boysariyevga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatdi va shifokorlarga katta yordam berdi. Unga sovrinni Islom Boysariyevning oʻzi taqdim etdi.
YIL IFTIXORI 2018 – Ilhom Shodiyev.
Ushbu futbol jonkuyari 5 nafar qizga otalik qilmoqda va qizlarning barchasi futbolchi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Marosim davomida PFL tomonidan yil ramziy terma jamoasi ham eʼlon qilindi:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov(“Lokomotiv”), Igor Golban (“Nasaf”/“Navbahor”), Murod Xolmuhammedov (“Qoʻqon-1912”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov(“Bunyodkor”), Marat Bikmayev“Lokomotiv”), Bobir Abduholiqov (“Nasaf), Tiago Bezerra(“Paxtakor”).