Shahram Gʻiyosovga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi

Ushbu mukofotni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev topshirdi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Olimpiya oʻyinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram Gʻiyosovga xalqaro musobaqalardagi va professional boksdagi gʻalabalari hamda yurtimizda sportni ommalashtirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabaringiz bor, Shahram Gʻiyosov joriy yilning 25 noyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Atlantik-Siti shahrida boʻlib oʻtgan professional boks kechasida navbatdagi raqibi meksikalik tajribali bokschi Migel Zamudioni ilk raunddayoq magʻlub etgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2016 yil Braziliyaning “Rio-de-Janeyro”da boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarining boks musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Shahram Gʻiyosov bugungi kungacha professional boksda 6 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan, u 5 ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgan.

 

OʻzA