Kuchli basketbolchilar terma jamoaga jalb etiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Qoraqalpogʻiston Basketbol federatsiyasi bilan kelishilgan holda Basketbol boʻyicha erkaklar oʻrtasida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi. Uch kun davom etgan musobaqa Xalqaro basketbol federatsiyasining qoidalari asosida tashkil etildi.

photo5451919151129012792.jpg

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari, tuman va shaharlarda yashovchi bolalardan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.
Maqsad jamiyatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni shakllantirish, shaxsni tarbiyalash, aholining jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, kuchli basketbolchilarni aniqlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasiga jalb qilish.
Musobaqada I, II va III oʻrinni egallagan jamoalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus diplomlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining “Kubogi” va sovgʻalari topshirildi.

 

OʻzA