Toʻrtkoʻl va Qoʻngʻirot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl va Qoʻngʻirot tumanlarida xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari boʻlib oʻtdi.
Sessiyalarda tashkiliy masalalar koʻrildi.
Unga koʻra, shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Yangaboy Babajanov Toʻrtkoʻl tumaniga hokim etib tayinlandi.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha kotibiyat rahbari lavozimida ishlab kelgan Berdax Saparov esa Qoʻngʻirot tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Toʻrtkoʻl tumanini shu kunga qadar Neʼmatullo Xudayberganov, Qoʻngʻirot tumanini esa Sharaprashid Temirbayev boshqarib kelayotgan edi.

 

OʻzA