Joriy yilning 23 noyabr kuni “Poytaxt” biznes-markazida “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti tizimini rivojlantirish va isloh etish istiqbollari” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro amaliy seminar oʻtkaziladi.
Jamgʻarma axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, xalqaro amaliy seminarda BMT, Jahon banki mutaxassislari, rossiyalik ekspertlar, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. Seminarda pensiya tizimidagi ilgʻor xalqaro tajribalar, tizimni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi pensiya konsepsiyasi muhokama etiladi.
Inobat Ahatova, OʻzA