“YouTube“ foydalanuvchilari endilikda yirik videoxostingda koʻplab Gollivud filmlarini mutlaqo bepul tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻldi, deyiladi “Ad Age” xabarida.
Qayd etilishicha, bungacha “ YouTube”da shunga oʻxshash xizmat boʻlmagan, koʻplab filmlar mualliflik huquqi buzilishi vaji bilan administratsiya resursidan oʻchirib kelingan.
“YouTube“ning yangilangan bazasida yuzlab filmlar bor. Yagona kamchilik namoyish vaqti-vaqti bilan qisqa reklama tanaffuslari bilan boʻlib turiladi.
Xorijiy jurnalistlar taʼkidlashicha, “YouTube“da bepul filmlar oʻtgan oktyabr oyidan qoʻyila boshlangan. Ammo, foydalanuvchilar bu yangilikni yaqindagina payqagan xolos.
Xabarda eslatilishicha, “YouTube”da bepul filmlar gʻoyasi 2010 yilda “Google” vakillari tomonidan berilgan edi. Koʻp oʻtmay xizmatning sinov varianti AQSH fuqarolariga taqdim etilgan boʻlgan.
Malohat Husanova, OʻzA