Advokatlar palatasiga rais saylandi

Advokatlar palatasining Konferensiyasida Toshkent shahar “BONA-FIDES” advokatlik firmasi advokati Alim Kadirovich Ernazarov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
A. Ernazarov turli yillarda Davlat suv qurilish qoʻmitasi, “Oʻzagroinform” ishlab chiqarish birlashmasi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida qator masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
2004 yildan bugungi kunga qadar advokat sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.

 

OʻzA